Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

O‘zbekistonlik ayol dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va ta’sirli ayollar ro‘yxatiga kirdi

BBC nashri nega o‘zbek ayoli ushbu ro‘yxatdan joy olganligiga izoh berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik ayol dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va ta’sirli ayollar ro‘yxatiga kirdi

BBC 2024 yil uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va ta’sirli ayollar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘zbekistonlik ayol dunyo reytingida

Ular orasida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va o‘zbekistonlik tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva bor.

Ma’lum qilinishicha, Dilorom Yo‘ldosheva ikki yil avval baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyog‘ini yo‘qotgan. Falokatga qaramay, u umidsizlikka tushmasdan, o‘zining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim tikish bo‘yicha shartnomalar tuzib, o‘zi va o‘nlab boshqa ayollarni daromad bilan ta’minladi.

“100 nafar ayol” loyihasi

BBC'ning “100 nafar ayol” loyihasi dunyoning turli burchaklaridagi ayollar duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning ko‘pchiligi o‘z zimmasiga yetakchilik vazifasini olib, jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun kurashishni davom ettirayotganlarni tanlab reyting tuzadi.