$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qaysi davlat tashkiloti axborotga eng yopiq?

axborot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi 2024-yil uchun ham respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir bo‘lishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi)ni o‘rgandi.

21 ta tashkilot chiqishi monitoring qilindi

Unga koʻra, O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining milliy va xalqaro elektron OAVlardagi chiqishlari monitoring qilingan va yakuniy reytingi tuzilgan.

Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan e'lon qilingan emas, balki ular to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.

Qaysi vazirlikda natija eng yaxshi?

2024-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir bo‘lishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) monitoringi yakunlariga ko‘ra, Adliya vazirligi 4,09 ko‘rsatkich bilan birinchi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 3.92 ko‘rsatkich bilan ikkinchi va Tashqi ishlar vazirligi 3.89 ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallashdi. Reytingda Transport (1.62), Tog‘-kon sanoati va geologiya (1.47) hamda Suv xo‘jaligi (1.34) vazirliklari eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd etishdi.

Теги :
Jamiyat