Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Jahon futbolida yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda

Globe Soccer Awards rasmiy saytida 2024-yilning eng yaxshilarini aniqlash boshlandi.

3 daqiqa o‘qiladi

Globe Soccer Awards

Globe Soccer Awards rasmiy saytida 2024-yilning eng yaxshilarini aniqlash boshlandi.

Eng yaxshi futbolchi 

Globe Soccer Awards tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi. Nashrga ko‘ra quyidagi futbolchilar ushbu sovringa loyiq ko‘rilmoqda: Nikolo Barella (“Inter”), Djud Bellingem (“Real”), Xakan Chalxanoglu (“Inter”), Dani Karvaxal (“Real”), Artem Dovbik (“Roma”), Fil Foden (“Manchester Siti”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Aleks Grimaldo (“Bayer”), Viktor Dokeresh (“Sporting”), Erling Xoland (“Manchester Siti”), Xarri Keyn (“Bavariya”), Toni Kroos (“Real”), Robert Levandovski (“Barselona”), Ademola Lukman (“Atalanta”), Emiliano Martines (“Aston Villa”), Lautaro Martines (“Inter”), Kilian Mbappe (“Real”), Lionel Messi (“Inter Mayami”), Dani Olmo (“Barselona”), Koul Palmer (“Chelsi”), Rodri (“Manchester Siti”), Rodrigo (“Real”), Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr”), Bukayo Saka (“Arsenal”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Vilyam Saliba (“Arsenal”), Federiko Valverde (“Real”), Vinisius (“Real”), Vitinya (“PSJ”), Niko Uilyams (“Atletik”), Florian Virts (“Bayer”), Granit Djaka (“Bayer”) va Lamin Yamal (“Barselona”) sovrin uchun kurashadi. O‘tgan yili Erling Xoland Globe Soccer Awards tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Eng yaxshi hujumchilar Top—10

Nashrga ko‘ra, Yilning Eng yaxshi hujumchisi bo‘lish uchun quyidagi 10 futbolchi da’vogar:  

Artyom Dovbik (“Roma”), 

Fil Foden (“Manchester Siti”), 

Erling Xoland (“Manchester Siti”), 

Xarri Keyn (“Bavariya”), 

Lautaro Martines (“Inter”), 

Kilian Mbappe (“Real”), 

Muhammad Saloh (“Liverpul”), 

Vinisius Junior (“Real”), 

Niko Uilyams (“Atletik”) 

Lamin Yamal (“Barselona”).

Eng yaxshi klub

Globe Soccer Awards eng yaxshi klub sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxatini ham e’lon qildi. Ushbu sovrin uchun “Real”, “Manchester Siti”, “PSJ”, “Inter”, “Bayer”, “Atalanta”, “Al-Axli”, “Al-Ayn”, “Atletiko Mineyro”, “Botafogo”, “Olimpiakos” va “Sporting” klublari da’vogarlik qilmoqda. O‘tgan yili ushbu sovrinni “Manchester Siti”. qo‘lga kiritgandi.

Eng yaxshi bosh murabbiy

Yilning eng yaxshi bosh murabbiyi sovrini uchun nomzodlar nomi ham ma’lum. Sovrin uchun da’vogarlar: Xabi Alonso (“Bayer”), Karlo Anchelotti (“Real”), Mikel Arteta (“Arsenal”), Luis Enrike (“PSJ”), Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi), Djan Pero Gasperini (“Atalanta”), Pep Gvardiola (“Manchester Siti”), Simone Indzagi (“Inter”) va Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi). May oyida Xabi Alonso Globe Soccer Awards tomonidan 2023-yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.

Eng yaxshi yosh futbolchi

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxati quyidagicha: Pau Kubarsi (Ispaniya terma jamoasi, “Barselona”), Dezire Due (Fransiya terma jamoasi, “PSJ”), Alexandro Garnacho (Argentina terma jamoasi, “Manchester Yunayted”), Arda Gyuler (Turkiya terma jamoasi, “Real Madrid”), Kobbi Maynu ( Angliya terma jamoasi, “Manchester Yunayted”), Joau Nevesh (Portugaliya terma jamoasi, “PSJ”), Aleksandr Pavlovich (Germaniya terma jamoasi, “Bavariya”), Savio Moreyra (Braziliya terma jamoasi, “Manchester Siti”), Lamin Yamal (Ispaniya terma jamoasi, “Barselona”) va Kenan Yildiz (Turkiya terma jamoasi, “Yuventus”). Jud Bellingem 2023-yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgandi.