Endi Toshkentda avtoturargohlarni oldindan bron qilish mumkin
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "iCell" kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "iCell" kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazdi.
iCell kompaniyasi bilan hamkorlik
Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlarni yaratish loyihasi ustida ishlamoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov iCell kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida yo‘l va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalar
Vengriya kompaniya tomonidan jadal rivojlanayotgan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda ularga haq to‘lash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan.
Bir yillik say-harakatlar
Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganish va Toshkent shahrining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralari, ularni hal etish yo‘llari, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar dispozitsiyasiga oid o‘zgartishlar kiritilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.



