$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi avtotransport xizmatlarining reytinglari e’lon qilinadi

avtotransport

Avtotransport xizmatlari sifati bo‘yicha yangicha baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, har ikki yilda bir marta xizmat sifatining natijalari bo‘yicha hududlarning reytinglari e’lon qilinadi va bu natijalar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi (KPI)ni aniqlashda hisobga olinadi.

Jamoat transporti ta’minlanganligi darajasi aniqlanadi

Hukumat qarori bilan Avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash metodikasi tasdiqlandi

Metodika quyidagilarni nazarda tutadi:

hududlarning jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini belgilash;

hududlarning jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash;

avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash;

avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifati boʻyicha hududlarning reytinglarini belgilash.

Baholash va rejalashtirish tartibi

Hukumat qaroriga muvofiq, Transport vazirligi har ikki yilda bir marta 1-fevralga qadar yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini baholash dasturini tasdiqlaydi. Reytinglar shahar transport xizmatlari holatini ko‘rsatib, kelgusida xizmatni yaxshilash uchun asos bo‘ladi. Metodika bo‘yicha hududiy reytinglar nafaqat xizmat sifatini ko‘rsatadi, balki mahalliy hokimlik rahbarlarining KPIlarini aniqlashda muhim omil hisoblanadi.

Hududiy reytinglar e’lon qilinadi

2025-yil 1-noyabrga qadar Transport vazirligi hokimliklar bilan birgalikda avtotransport xizmatlari sifatini joylarda baholaydi.

Baholash natijalari asosida 2025-yil 10-noyabrga qadar O‘zbekiston shaharlari transport xizmatlari bo‘yicha reyting e’lon qilinadi.

Теги :
Jamiyat