Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

Xaridorlarni 6,1 mlrd. so‘mga chuv tushirgan avtosalon

Toshkentda fuqarolarni chuv tushirgan avtosalon mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Xaridorlarni 6,1 mlrd. so‘mga chuv tushirgan avtosalon

Xaridorlarni 6,1 mlrd. so‘mga chuv tushirgan avtosalon

Toshkentda fuqarolarni chuv tushirgan avtosalon mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.

Yolg‘on va’dalar

Ma’lum bo‘lishicha, jamiyat mansabdor shaxslari 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berish haqida yolg‘on va’dalar berib, 6 milliard 169 million so‘m to‘lov pulini o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Hujjatlarsiz avtomobillar

Toshkent shahridagi "Allianse Motors" MCHJ mijozlar bilan shartnoma tuzib, mashinalarni vaqtida keltirib bermagan. Ayrimlarni esa yetkazib berilgan avtotransport vositasining hujjatini to‘g‘rilab bermasdan ovora qilgan.

Jinoyat ishi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘xshash holatlar

Bu kabi holatlardan yana birida, yanvar oyida Toshkentdagi "My cars" avtomarkazi odamlarni aldab ketgani haqida xabarlar tarqalgan va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.