$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Olti oyda sotilgan avtoraqamlar qiymati 426 milliard so‘mdan oshdi

elektromobil

Uch barobar o‘sish

O‘zbekistonda avtoraqamlarning sotuvi soni va hajmi bo‘yicha uch barobarga o‘sdi. Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning birinchi yarmida avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 426,2 milliard so‘mlik 104,9 mingdan ortiq avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi.

 Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslarga va qolgan 3 foizi yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan.

Eng past va baland narxlar

Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi — 1,7 million so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 517,1 million so‘mni tashkil qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng qimmat "chiroyli" avtoraqamni Toshkent shahridan yuridik shaxs sotib olgan. Boshlang‘ich narx bilan solishtirganda, avtoraqam belgilarining narxi ikki-uch barobarga oshgan.

 Ikkinchi o‘rinda 10-iyul kuni 508 million so‘mga sotilgan "chiroyli" avtoraqam turibdi.

Теги :
Jamiyat