$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

1 haftada onlayn auksionda 18 millardlik avtoraqamlar sotildi

Avtoraqam

UzEX tomonidan 1-iyuldan 7-iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtoraqam.uzex.uz savdo tizimidagi hisobotlar taqdim etildi.

54 331 taq avtotramsport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan

2024-yil 1-iyuldan 7-iyulgacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 54 331 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan bo‘lib, shundan 44 331 tasi jismoniy shaxslar uchun va 10 000 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

94 foiz ulush jismoniy shaxslarda

2024-yil 1-iyuldan 7-iyul oralig‘ida 4 306 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 17 987,4 mln. so‘mni tashkil etdi. Amalga oshgan bitimlarning 94 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (16 825,3 mln. so‘mga teng 4 154 ta avtoraqam) va 6 foiz ulushi yuridik shaxslarga (1 162,1 mln. so‘mga teng 152 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

O‘rtacha qiymat 4,2 million so‘mga teng

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,2 mln. so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln. so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 324,4 mln. so‘mni tashkil qildi.

Avtoraqam axborot tizimida 722 402 nafar shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan

Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 722 402 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 694 331 nafari jismoniy shaxslar va 28 071 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Теги :
Жамият