Milliardlik raqamlar
Bir haftada auksion orqali 14,6 mlrd. so‘mlik avtoraqamlar sotildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Milliardlik raqamlar
Bir haftada auksion orqali 14,6 mlrd. so‘mlik avtoraqamlar sotildi.
Auksiondagi bir haftalik natijalar
2024-yil 3-iyundan 9-iyungacha bo‘lib o‘tgan bir haftalik auksion savdolarida 3 906 ta avtoraqam bo‘yicha auksion savdolari amalga oshirildi.
Auksionlarda sotilgan avtoraqamlarning jami summasi 14 milliard 633,2 million so‘mni tashkil etgan.
Raqamlarni ko‘proq kimlar xarid qilgan?
"UzEX xabarlari" ning ma’lumotlariga qaraganda, amalga oshirilgan bitimlarning 96 % ulushi, ya’ni 14 milliard 23,2 million so‘mga teng bo‘lgan 3 792 ta raqam jismoniy shaxslarga hamda 4% ni tashkil etgan 609,4 million so‘mga teng bo‘lgan 114 ta avtoraqamlar yuridik shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan.
Sotilgan eng qimmat va eng arzon raqam
Tuzilgan bitimlarda avtoraqamlarning o‘rtacha narxi 3,7 million so‘mni tashkil etgan.
Avtoraqamlarning eng past narxda sotilgani 1,7 million bo‘lsa, eng qimmat avtoraqam 85 million so‘mni tashkil etgan.
Tizimda ro‘yxatdan o‘tganlar soni
Avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 710 086 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 682 267 nafari jismoniy shaxslar va 27 819 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.



