Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Yilning eng qimmat avtoraqami sotildi

Avtoraqam kecha, 24-dekabr kuni salkam 1 milliard so‘mga sotilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng qimmat avtoraqami sotildi

Kuni kecha 2024-yilning eng qimmat avtoraqami ma’lum bo‘ldi. 

Rekord yangilandi

Ma’lum bo‘lishicha, 24-dekabr kuni Sotuvga qo‘yilgan 01 888 BBB avtoraqami 965 million 250 ming so‘mga baholangan. Dastlab 337 million 500 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan bu avtoraqamning narxi auksion tugash vaqtiga qadar 965 million 250 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Qiziqarlisi, 24 dekabr kuni sotilgan 01 888 BBB avtoraqami yaqin uch yillikdagi rekord narxlarni ham yangilab qo‘ydi.

O‘tgan yilgi holat

2024-yil davomida bunga qadar sotilgan eng qimmat avtoraqam 517,1 mln. so‘mga baholangan edi. Uni Toshkent shahridan yuridik shaxs qo‘lga kiritgan. Uchinchi o‘rindagi raqamni esa 10-iyul kuni 508 mln. so‘mga xarid qilingan. 2023-yilda 893 million so‘m narx bilan 01 777 RRR, 2022-yilda esa 669 million 600 ming so‘mga baholangan 50 777 ZZZ yilning eng qimmat avtoraqami bo‘lgan.