$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Ayrim davlat raqami belgilari uchun to‘lov miqdori kamaytirildi

avtoraqam

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi tartibga ko‘ra, ayrim davlat raqami belgilari va ularga tegishli xizmatlar uchun to‘lov stavkalari pasaytirildi

Mototransport vositalari uchun to‘lov miqdori kamaydi

Endilikda mototransport vositalari (motosikl, elektromotosikl, moped, skuterlar) va tirkamalar uchun davlat raqami belgilarini olish to‘lovlari BHMning 1,5 baravari qilib belgilandi. Ilgari bu ko‘rsatkich 1,75 baravar edi.

Shikastlangan va yo‘qotilgan raqamlarni almashtirish arzonlashdi

Shikastlangan yoki yo‘qotilgan davlat raqami belgilarini yangisiga almashtirish uchun endi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Bu ham avvalgi 1,75 baravar to‘lov stavkasiga nisbatan sezilarli darajada kam.

Elektromobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish stavkasi

Elektromobillar va gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori BHMning 1,5 baravari qilib belgilandi. Boshqa barcha avtotransport vositalari uchun esa bu miqdor BHMning 6,84 baravari bo‘lib qoladi.

Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari qisqardi

Avtotransport vositalarini, jumladan elektromobillar, mototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori endilikda BHMning 10 foizi qilib belgilandi.

Qator to‘lovlar bekor qilindi

Yangi tartibda quyidagi to‘lovlar butunlay bekor qilindi:

• Shikastlangan yoki yo‘qotilgan transport vositasi uchun guvohnoma dublikatini berish (avvalgi stavka BHMning 70 foizi edi).

• Yo‘qotilgan transport vositasi guvohnomasi uchun BHMning 1 baravari miqdoridagi to‘lov.

• Yo‘qotilgan transport vositasi uchun vaqtinchalik guvohnoma dublikatini olish uchun 5 baravar miqdordagi to‘lov.

Теги :
Jamiyat