Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +20° kechasi +9°

UzAuto Motorsning ahvoli qanday?

Yilning birinchi yarmida UzAuto Motors foydasi 65%ga o‘sdi. Shunga qaramay, avtokonsern aktivlari 11,8%ga kamayib, 32 trln. so‘mdan pastga tushgan.

2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motorsning ahvoli qanday?

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida kompaniya 2024-yilga mo‘ljallangan butun hajm uchun birgina “Cobalt”ga 171 ming dona shartnoma tuzgan.

O‘sish yoki pastlash?

Birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra, “UzAuto Motors” foydasi ikki-uch barobarga oshdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida keltirilgan.

Yanvar-iyun oylarida avtokonsern foydasi 1,91 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 65,2%ga ko‘pdir.

“UzAuto Motors” daromadi 23,42 trln. so‘mga (o‘sish 6,4%), sotilgan mahsulot tannarxi esa 18,97 trln. so‘mga (pasayish 1,1%) teng bo‘ldi. Yalpi foyda yarim baravarga — 4,4 trln. so‘mga oshdi.

Yilning birinchi yarmida taqsimlanmagan foyda 28,8%ga o‘sib, 8,54 trln. so‘mni, o‘z kapitali esa 21%ga o‘sib, 11 trln. so‘mni tashkil qildi.

Aktivlar pastlagan

Foyda, daromad va kapitalining o‘sishiga qaramay, avtomobil ishlab chiqaruvchisining aktivlari 11,8%ga — 36 trln so‘mdan 31,85 trln so‘mga qisqardi.

Birinchi chorakda “UzAuto Motors"ning sof foydasi 3,74 barobarga o‘sib, salkam 1,3 trln so‘mga yetgandi.

Yil boshida tuzilgan shartnomalar

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida kompaniya 2024-yilga mo‘ljallangan butun hajm uchun 171 ming dona “Cobalt”, “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, bahorda 42 ming dona Labo LB2 Plus va Damas mashinalarini onlayn sotuvga qo‘yib, bir soatdan kamroq vaqt ichida shartnoma tuzdi.

Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi Mo‘g‘ulistonga “Cobalt” avtomobillarini eksport qila boshlagani haqida xabar berilgandi.