O‘zbekistonda yarim yilda qancha avtomobil ishlab chiqarildi?
Statistika agentligi O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilganini maʼlum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilganini maʼlum qildi.
Eng koʻp ishlab chiqarilgan rusum qaysi?
Unga ko‘ra, 6 oyda 12 635 ta Gentra avtomobili ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 17 432 ta Onix avtomobili ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari:
Cobalt – 72 948 dona;
Damas – 38 953 dona;
Tracker – 21 497 dona;
KIA – 9 270 dona;
Chery – 4 160 dona;
Haval – 542 dona;
Exeed – 95 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 12 804 dona.



