Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

Iyun oyida avtomobillar savdosi 13,3 foizga pasaydi

Yengil avtomobillar bozori yillik hisobda ham qisqardi, bu yo‘nalishda sotuvlar bir yilda 1,4 baravarga tushgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Iyun oyida avtomobillar savdosi 13,3 foizga pasaydi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi baholariga ko‘ra, iyun oyida yengil avtomobillar segmentida sotuvlar hajmi 13,3 foizga, ya’ni 77,6 ming donagacha pasayishi yuz berdi.

Eng katta pasayish va o‘sish

Hududiy kesimda iyun oyida eng katta pasayish Surxondaryo va Andijon viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – o‘rtacha 22 foizga – qayd etildi.

Shuningdek, ba’zi hududlarda sotuvlar oshgani kuzatilgan. Xususan, 6 oyda Xorazm va Navoiy viloyatlarida o‘tgan yilning muqobil davriga solishtirganda o‘rtacha 7 foizlik ijobiy dinamika kuzatildi.

6 oyda 580 ming dona avtomobil savdosi

2024-yilning birinchi yarmi yakunlariga bo‘yicha O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi 580 ming donani tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 19 foizga pastdir. Bu nafaqat oldin ekspluatatsiyada bo‘lgan avtomobillarga talabning pasayishi bilan, balki avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining murakkablashishi hamda rasmiylashtirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish qiymatining oshishi bilan ham izohlanadi.

“Shunday qilib, sotuvlar umumiy hajmining 97,3 foizi to‘g‘ri keluvchi yengil avtomobillarning ikkilamchi bozorida talablarning qattiqlashishi va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarining qimmatlashishi oldi-sotdi bitimlari sonining qisqarishiga ta’sir qildi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobil bozorida umumiy savdo ko‘rsatkichlariga aks ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin”, – deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida.

Birlamchi va ikkilamchi bozor

Jumladan, yengil avtomobillarning birlamchi bozorida yillik hisobda faollikning kichikroq – 5,3 foizga pasayishi qayd etildi.

Ikkilamchi bozorda esa sotuvlar yillik hisobda 1,6 baravardan ko‘pga qisqargan.