$
 12466.44
-58.48
 14517.17
-113.19
 155.42
-0.54
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtomobillar “kuni”

Avtomobillar kuni

Poytaxtda yongan jamoat transporti

Toshkent shahri Sergeli tumanida Mercedes-Benz rusumli jamoat transport vositasida yong‘in kelib chiqdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 15-iyun kuni soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor ko‘chasida Mercedes-Benz rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Uchtepada Mercedes-Benz yonib ketdi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi.

2024-yilning 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani THAY ko‘chasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida, Mercedes-Benz rusumli transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Chilonzor buyum bozori qarshisida UAZ yondi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida UAZ transport vositasi yonib ketdi.

Hodisa kecha, 14-iyun kuni soat 21:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. Chilonzor buyum bozori qarshisida, UAZ rusumli transport vositasining motor qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Jizzax yo‘lida Cobalt yuklari bilan “kul” bo‘ldi

Bugun, 15-iyun kuni soat 12:50 larda, Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida harakatdagi avtomobilda yong‘in chiqdi.

 

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli, 85K600JA davlat belgili avtomashinasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, mator va salon qismi yongan.

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda”, – deyiladi xabarlarda.

Ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida Nexia-3 va Isuzu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 15-iyun kuni soat 12:10 larda Ishtixon tumani “Qirqyigit” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 61 kilometrida Nexia 3 yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida to‘xtab turgan Isuzu yuk avtomashinasining orqa tomoniga kelib urilgan.

Oqibatda Nexia-3 old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli voqea joyida, avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi esa tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Теги :
Jamiyat