Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollikka ta’sir etuvchi muhim omil ekani aniqlandi

2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyasiya koyeffisiyenti = 0,72), shuningdek aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyasiya koyeffisiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.

2 daqiqa o‘qiladi

Avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollikka ta’sir etuvchi muhim omil ekani aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

Faollik darajasi oshgan, ammo o‘tgan yilgidek emas

Tahlillarga ko‘ra quyidagilar aniqlandi. 2024-yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsa-da, 2023-yilgi darajasida emas. Xususan, joriy yilning iyul—sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II chorakka nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,9 foizga kam.

Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, 2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyasiya koyeffisiyenti = 0,72), shuningdek aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyasiya koyeffisiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.

Avtokreditlar hajmi kamaydi

Joriy yilning dastlabki 9 oyida banklar tomonidan aholiga jami 12,8 trln. so‘m miqdorida avtokreditlar ajratilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga kamaygan. Birgina III chorakda ajratilgan avtokreditlar II chorakka nisbatan 16,9 foizga va 2023-yilning mos davriga nisbatan 3,0 barobarga kamaygan. Tahlillarga ko‘ra, ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati so‘nggi 3 yildagi o‘rtacha darajada saqlanib qolsa, yil oxiriga qadar har oyda o‘rtacha 115,0-118,0 mingta avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning IV choragida har oyda o‘rtacha 154,8 mingta avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Avtokreditlarning sezilarli darajada kamayishi sharoitida, avtomobil korxonalari va dilerlar tomonidan ayrim avtomobillar savdolari uchun chegirmalarning kiritilishi (“GM Uzbekistan”, “BYD”, “KIA”), foizsiz muddatli to‘lovlarning joriy etilishi (“GM Uzbekistan”, “BYD”, “Cherry”) bozorda o‘tgan yillar darajasidagi talabni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar sifatida qaralishi mumkin.