$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi ikki yirik avtomobil kompaniyasining foydalari sezilarli darajada pasayib ketdi

BMW Mercedes

Dunyodagi ikki yirik avtomobil kompaniya – Mercedes-Benz hamda BMW’ning sof faydasi sezilarli darajada pasaydi. Ikki kopmaniya ham ushbu omilga Xitoy bozori ta’sir qilganligini tan oldi.

BMW foydasi 79 foizga kamaygan

2024-yilning uchinchi choragida Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan BMW Group kompaniyasi soliqqachа foydaning 79 foizga kamaygani haqida hisob berdi (€838 millionga). 2023-yilning uchinchi choragida kompaniya €4 mlrd foyda olgan. Bu haqida ishlab chiqaruvchi oʻz choraklik hisobotida maʼlum qildi.

BMW 1,5 millionta avtomobilni qaytarib olgan

BMW Group menedjmenti firmaning moliyaviy koʻrsatkichlari yomonlashganining asosiy sababi sifatida katta miqdordagi avtomobillarni qaytarib olishga bogʻliq katta xarajatlar sarflanganini koʻrsatmoqda. Avvalroq kompaniya tormoz tizimi elektronikasidagi nosozliklar tufayli 1,5 millionta avtomobilni qaytarib olishga majbur boʻlgan edi. BMW kompaniyasi bunday yoqotish tufayli qancha zarar koʻrganini oshkor qilmasa-da, katta miqdordagi pul sarflanganini bildirgan.

BMW’ga Xitoy ta’siri

BMW Group moliyaviy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha bosim Xitoyda talabning pasayishi bilan bog‘liq. Iqtisodiy muammolar fonida xitoylik iste’molchilar avtomobillarni kamroq sotib ola boshlagan, ayniqsa premium segmentida.

Natijada sotilgan avtomobillar soni o‘tgan yilning uchinchi choragiga nisbatan 13 foizga kamaygan. Modellar qatorini yangilash va elektr dvigatellariga o‘tish jarayonida bo‘lgan MINI brendining sotuvi hammadan ko‘proq zarar ko‘rdi.

Mercedes-Benz’da 54 foiz kamayish

Shuningdek, 2024-yil iyul – sentabr oylarida Mercedes-Benz avtomobil konsernining sof foydasi 1,7 milliardni tashkil etib, yillik daromad 54 foizga kamaydi.

Qayd etilishicha, nemis kompaniyasining yillik daromadi 7 foizga kamayib, 34,5 milliard yevroni tashkil etdi. Shuningdek, avtomobil savdosi esa 1 foizga kamayib, 504,6 ming donaga yetdi.

Kompaniyaga Xitoyning ta’siri

Bundan tashqari, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga Xitoydagi iqtisodiy vaziyat ta’sir qilmoqda. Ushbu mamlakatda Mercedes-Benz savdosi, o‘rta va premium segment avtomobil bozoridagi zaiflik tufayli 13 foizga pasaydi.

Bundan tashqari, Rolls-Royce savdosi 16 foizga kamaydi.

Bunga qaysi omillar sabab bo‘lmoqda?

Eksperlarning fikricha, Mercedes-Benz va BMW kabi yirik avtomobil kompaniyalarining foyda ko‘rsatkichlarining keskin pasayishiga bir nechta omillar sabab bo‘lishi mumkin. Bu omillarni tushunish uchun global avtomobil bozoridagi hozirgi muammolarni tahlil qilish kerak.

Xususan, chip yetkazib berishda davom etayotgan global yetishmovchilik avtomobil ishlab chiqaruvchilariga katta zarar yetkazdi. Bu, ayniqsa, yuqori texnologiyali modellarda ko‘proq ehtiyoj seziladigan yarimo‘tkazgichlarga taalluqli bo‘lib, ishlab chiqarish hajmini cheklashga majbur qildi.

Bundan tashqari, xomashyo va energiya narxlarining oshishi, ayniqsa Yevropada, ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada ko‘tardi. Bunday xarajatlarning o‘sishi, tabiiyki, kompaniyalar foydasiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.

Inflyatsiya va iste’molchilar xarid quvvatining pasayishi

Yevropa va boshqa rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning yuqori darajasi iste’molchilarning xarid qilish imkoniyatlariga ta'sir qildi. Yangi avtomobillar uchun talabning pasayishi sotuv hajmini qisqartirib, kompaniyalar foydasini kamaytirdi.

Shuningdek, Avtomobil sanoatida elektr transport vositalariga o‘tish bo‘yicha faol investitsiyalar olib borilmoqda. Elektr avtomobillariga sarmoya kiritish ko‘p miqdorda kapital talab qiladi va bu davr an’anaviy modellarning foydasiga se’zilarli ta’sir qilgan.

Elektromobillarning bozorga ta’siri

Bunda Tesla va Xitoyning elektr avtomobil ishlab chiqaruvchilari kabi yangi raqobatchilar bozorda o‘z ulushlarini kengaytirayotgani uchun Mercedes-Benz va BMW kabi kompaniyalar o‘z foyda marjasini saqlab qolish uchun qiyinchilikka duch kelishmoqda.

Bu omillar natijasida Mercedes-Benz va BMW kompaniyalarining daromadlari sezilarli darajada kamaydi. Kompaniyalar raqobatda ustunlikka ega bo‘lish va foydani qayta tiklash uchun texnologiya va elektr avtomobillarga investitsiyalarini davom ettirishlari lozim.

Теги :
Jamiyat