Ustaxonadan shohsupagacha: Ilk bor yosh avtomexaniklar taqdirlandi
Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat tanlovida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishining eng kuchli ishtirokchilari aniqlandi
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” respublika kasbiy mahorat tanlovida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishining eng kuchli ishtirokchilari aniqlandi.
Tanlov davomida turli hududlardan kelgan yoshlar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z bilim va amaliy mahoratini namoyish etdi. Yakunda eng yuqori natija qayd etgan 12 nafar ishtirokchi sovrinli o‘rinlarni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar Humo Arena’da o‘tkazilgan katta taqdirlash marosimida medallar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ularni tanlovga tayyorlagan ustozlarning mehnati ham alohida e’tirof etildi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin
Bektosh To‘raqulov — Samarqand viloyati
Magjan Shaymerdenov — Navoiy viloyati
2-o‘rin
Axrorjon Usmonov — Farg‘ona viloyati
Aziz Do‘stmuxammedov — Sirdaryo viloyati
Azizbek Ro‘zmetov — Xorazm viloyati
Botir Nosirov — Buxoro viloyati
3-o‘rin
Sardorbek Oblaqulov — Navoiy viloyati
Azimjon Po‘latov — Navoiy viloyati
Abdulaziz Ergashev — Sirdaryo viloyati
Asadbek Mashrabov — Namangan viloyati
Maqsudjon Maxmudov — Navoiy viloyati
Jaloliddin Hayitboyev — Xorazm viloyati
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi doirasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda payvandlash, santexnika, elektromontaj, oshpazlik, kompyuter grafikasi, moda texnologiyalari va boshqa amaliy kasblar bo‘yicha ham eng mahoratli yoshlar saralandi. 10 ta yo‘nalishda jami 120 nafar g‘olib va sovrindor taqdirlandi.
Tanlovning eng kuchli ishtirokchilari uchun navbatdagi katta marra — WorldSkills xalqaro chempionati. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchiga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot berilishi ko‘zda tutilgan.



