"Avtomobildan saqlaning"
Avtomobil o‘g‘risi 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
1 daqiqa o‘qiladi

"Avtomobildan saqlaning"
Avtomobil o‘g‘risi 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mast o‘g‘ri
Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam bir necha bor turli jinoyatlar bilan sudlangan 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro, haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan avtomobilni o‘zi mast bo‘lishiga qaramay olib qochib ketgan.
Avtohalokat
Og‘ri avtomobilni olib qochgan chog‘ida mast holatda bo‘lganligi tufayli yo‘l transport hodisasini ham keltirib chiqargan hamda voqea joyidan qochib ketgan.
Avtohalokat chog‘ida avtomobilga texnik zarar ham yetkazilgan.
Sud jarayoni
Xavfli retsidivist deb topilgan shaxs sud majlisida qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirgan hamda qilgan jinoyatlarini tan olgan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 267-moddasining 3-qismi A bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, xavfli retsidivist Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra 15 yilga ozodlikda mahrum etildi.



