$
 12606.73
49.17
 14849.47
40.34
 159.86
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

8 yoshli qizcha mashina bosib ketishi tufayli halok bo‘ldi

positive

8 yoshli qizcha mashina bosib ketishi tufayli halok bo‘ldi

Qizcha piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan bo‘lgan, ammo avtomobil buni ko‘rib ham tezlikni pasaytirmagan.

Voqea tafsilotlari

1-iyul kuni soat 19:20 atrofida, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 8 yoshli qizcha yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 4R48 avtomobil yo‘lida yuz bergan. "BYD Song Plus Champion" avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video

Avtohalokat vaqtida qizcha yo‘ldan o‘tayotgan vaqtida katta tezlikda kelayotgan ikki avtomobildan biri uni turtib yuborishi natijasida qizcha yiqilib tushgan, piyodalar o‘tish joyidan odamlar o‘tayotganini ko‘rgan bo‘lsa-da tezlikni pasaytirmagan ikkinchi haydovchi esa uni bosib ketgan. Avtomobil 135-140 km/soat tezlik bilan kelayotgan bo‘lgan.

Ikkinchi avtomobildagi olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketdi. 

Jinoyat ishi

Qizcha olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida voqea joyining o‘zidayoq vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Теги :
Jamiyat