$
 12192.06
13.21
 13996.48
-56.7
 143.00
-3.54
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtobus uchun ajratilgan yo‘lakdan yurganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

avtobus

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig'ilishida avtobus uchun ajratilgan yo‘laklarda boshqa transport vositalari harakatlangani uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Jamoat transporti borasidagi ijobiy o‘zgarishlar

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatish, transport tizimini rivojlantirish hamda jamoat transportiga ustuvorlik berish yo‘nalishida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, avtobuslar soni so‘nggi 2 yilda 2 barobarga oshirilib, avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etildi. Avtobuslarning oraliq intervali 2 barobarga qisqarib, yo‘lovchilar soni 2 barobarga ko‘paydi.

10 ballgacha tirbandliklar

Tirbandlik masalasi aholi uchun, ayniqsa Toshkent shahrida eng dolzarb muammoga aylangan. So‘nggi 2-3 yilda Toshkent shahrida har kuni 7-9 ballik, ayrim vaqtlarda esa 10 ballgacha tirbandliklar kuzatilmoqda.

Amaldagi qonunchilikda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda boshqa transport vositalarining harakatlanganligi uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Yig‘ilishda bu o‘z navbatida, qatnov muntazamligi va jamoat transportining erkin harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Deputatlar fikricha, qonun loyihasi Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etishga yordam beradi.

Qonun loyihasining mohiyati

Mazkur qonun loyihasi bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Qonun tashabbuskorlari tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat transportida yo‘lovchilarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish, jamoat transporti harakati ustuvorligini hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi takidlandi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.