2024-yil Oʻzbekistonda qaysi avtomobil modeli eng ko'p ishlab chiqarildi?
Oʻzbekistonda oʻtgan 5 oy davomida 156 842 avtomobili ishlab chiqarilgan. O‘zi o‘zbekistonliklarda qancha avtomobil bor?
1 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekistonda oʻtgan 5 oy davomida 156 842 avtomobili ishlab chiqarilgan. O‘zi o‘zbekistonliklarda qancha avtomobil bor?
Qaysi modelga talab yuqori?
Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sonini ma'lum qildi. Unga ko'ra oʻtgan 5 oy davomida 57 542 ta Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Undan keyingi pog'onada esa Damas avtomobili turibdi — 31 239 ta. Kuchli uchlikni Tracker avtomobili yakunlab beradi — 19 279 ta.
To'liq ro'yxat
Cobalt – 57 542 ta;
Damas – 31 239 ta;
Tracker – 19 279 ta;
Onix – 14 905 ta;
Lacetti-Gentra – 11 913 ta;
KIA – 7 433 ta;
Chery – 4 000 ta;
Haval – 230 ta;
Exeed – 93 ta;
Maxsus yengil avtomobillar – 10 198 ta.
O‘zbekistonliklarda qancha avtomobil bor?
Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan. Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan:
Yengil avtomobillar – 3 759 045 ta
Yuk avtomobillari – 240 917 ta
Avtobuslar – 6 297 ta
Mikroavtobuslar – 9 102 ta
Maxsus transportlar – 5 383 tani tashkil qilgan.



