$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayib, narxlar arzonlashmoqda

avtomobil bozori

2024-yilning dekabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi va bu o‘rtacha narxlarda o‘z aksini topgan. Bu Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning dekabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil o‘rtacha narxlari tahlil qilinganda maʼlum boʻldi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Joriy yilning dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilganlar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan:

  • “Onix”: o‘rtacha foydalanilgan — 3.6 foizga ($14 000 dan $13 500 ga) , ko‘p foydalanilgan — 4,4 foizga ($13 600 dan $13 000 ga); 
  • “Lacetti”: ko‘p foydalanilgan — 1,3 foizga ($13 500 dan $13 327 ga);
  • “Cobalt”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.6 foizga ($12 500 dan $12 300 ga) , ko‘p foydalanilgan — 0,8 foizga ($11 800 dan $11 700 ga); 
  • “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan — 0.9 foizga ($11 500 dan $11 400 ga);
  • “Spark”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.0 foizga ($10 400 dan $10 300 ga); ko‘p foydalanilgan — 0,5 foizga ($9 346 dan $9 300 ga); 
  • “Damas”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.2 foizga ($8 100 dan $8 000 ga), ko‘p foydalanilgan — 1 foizga ($7 503 dan $7 300 ga) arzonlagan. 

Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda “Malibu” hamda “Tracker” avtomobil narxlari pasaygan bo‘lsa, "Equinox" narxida biroz oshish kuzatildi. Xususan:

“Malibu”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.4 foizga ($29 500 dan $29 100 ga), kam foydalanilgan — 4,4 foizga ($31 000 dan $29 650 ga);

“Tracker”: o‘rtacha foydalanilgan — 1.7 foizga ($18 000 dan $17 700 ga), kam foydalanilgan — 1,6 foizga ($19 000 dan $18 700 ga) arzonlagan. 

Ko‘p hamda o‘rtacha foydalanilgan “Equinox” narxlari esa mos ravishda 0,9 foiz ($26 265 dan $26 500 ga) va 1,7 foizga ($30 000 dan $30 500 ga) qimmatlashdi.

Elektromobil narxlari

Mazkur davrda yangi BYD “E2” ($17 100) va “Song Plus EV Champion” ($28 500) elektromobillari 1,7 foizga, BYD “Han” ($32 500) hamda “Yuan Up” ($21 000) elektromobillari mos ravishda 1,2 va 1,9 foizga arzonladi. 

O‘rtacha foydalanilgan elektromobillardan BYD “E2” ($15 970) va “Han” ($34 500) o‘rtacha narxlari mos ravishda 0,8 foiz va 4,2 foizga pasaygan bo‘lsa, BYD “Song Plus EV Champion” ($26 600) hamda “Yuan Up” ($20 500) narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi. 

Ko‘p foydalanilgan BYD “E2” ($15 250), “Han” ($31 750) va “Song Plus EV Champion” ($24 050) o‘rtacha narxlari esa mos ravishda 3,0, 1,8 va 5,3 foizga qimmatlashdi. 

Xorijiy avtomobillar narxlari

Chevrolet “Monza” va Kia “Sportage” o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, Kia “K5”, “Seltos” va Hyundai “Tucson” avtomobil o‘rtacha narxlarida o‘sish kuzatildi. 

Mazkur davrda Chevrolet “Monza” ($17 000) va Kia “Sportage” ($29 700) avtomobillarining o‘rtacha foydalanilgani mos ravishda 1,6 va 4,2 foizga, ko‘p foydalanilgani 0,7 ($16 900) va 3,2 foizga ($29 000) va kam foydalanilgani 0,3 ($18 000) va 1,6 foizga ($31 500) arzonlashdi. 

O‘rtacha foydalanilgan Kia “K5” ($27 500), “Seltos” ($25 500) va Hyundai “Tucson” ($31 750) avtomobillari o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,3, 2 va 2,4 foizga, kam foydalanilgani uchun narxlar 0,4 ($29 000), 1,4 ($26 000) va 2 foizga ($33 500) oshdi.

Теги :
Jamiyat