$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Bu yil Aviatsiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha hissa qo‘shdi?

Aviatsiya

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) joriy yilda aviatsiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini $795,5 mln. yoki yalpi ichki mahsulotning 0,9 foizi deb baholadi.

Asosiy ko‘rsatkichlar

Aviatsiyaning iqtisodiyotga bevosita ta’sirining ikkita asosiy ko‘rsatkichi – bu ish o‘rinlari soni va aviatsiya sektori, shu jumladan aviakompaniyalar, aeroportlar operatorlari va ularning hududidagi korxonalar, aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan YaIMga qo‘shgan hissasi.

Oʻzbekistonda aviatsiya sohasida bevosita 12 400 kishi band

Oʻzbekistonda aviatsiya sohasida bevosita 12 400 kishi band boʻlib, ular $96,5 millionlik tovar va xizmatlar ishlab chiqaradilar, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 0,1 foizini tashkil etadi.

$795,5 millionlik iqtisodiy samara

Ta’kidlanishicha, aviatsiyaning iqtisodiyotga taʼsiri faqat bevosita parvozlar bilan cheklanmaydi. Unga ko‘ra kengroq taʼminot zanjirlari, turizm va boshqa sohalardagi faoliyat ham bunga katta hissa qoʻshib, bu yil jami $795,5 millionlik iqtisodiy samara keltirdi va 128 300 ta ish oʻrnini taʼminladi.

Xalqaro sayyohlar har yil mamlakatga $2 milliard qoldiradi

Aviatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan turizm mamlakat yalpi ichki mahsulotiga $282,9 mln. miqdorida hissa qo‘shdi, unda 54 400 kishi ishlaydi.

Assotsiatsiyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, xalqaro sayyohlar har yili mahalliy tadbirkorlardan tovarlar va xizmatlarni sotib olib, O‘zbekistonda $2 milliardga yaqin mablag‘ qoldiradi.

Теги :
Jamiyat