$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Bexatar istirohat bog'lari: “Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi

attraksion

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi “Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini e’lon qildi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra attraksionlar bilan bog’liq 5 yil davomida 14 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va buning oqibatida 4 nafar insonning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan.

Attraksionlar xavfsizlik talablariga javob bermaydi

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror loyihasi bilan “Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari”ni tasdiqlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur qoidalar barcha turdagi attraksionlar, shuningdek, yordamchi qurilmalar uchun texnik talablarni qo‘llash va amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda ushbu talablar bilan bog‘liq montaj qilish, sozlash va foydalanish jarayonlarini shuningdek, respublikadagi mavjud attraksionlarni markazlashtirilgan reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

Shuningdek, hozirgi vaqtda, respublikamizdagi mavjud 148 ta madaniyat va istirohat bog‘larida, shuningdek boshqa ko‘ngilochar maskanlarda jami 2 120 ta attraksion faoliyat ko‘rsatmoqda.

Biroq, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan aksariyat attraksionlar xavfsizlik va texnik talablarga javob bermasligi natijasida turli avariya va baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.

Bugungi kungacha bu borada 2 ta huquqiy hujjat mavjud

Shuning bilan birga, 2019-2024-yilni birinchi yarim yilligi mobaynida attraksionlar bilan bog‘liq jami 14 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va buning oqibatida 4 nafar insonning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan.

Hozirgi kunda respublikadagi mavjud attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi amaldagi  2 ta texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar mavjud.

Qaror loyihasidan ko‘zlangan maqsad kelgusidagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan

Ushbu hujjatlarda respublikadagi mavjud attraksionlarni markazlashtirilgan reyestrini yuritish tartibi shuningdek, suv attraksionlari hamda havo bilan dam berib shishirilgan attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish talablari sohasida huquqiy bo‘shliqlar mavjud bu esa o‘z navbatida mazkur yo‘nalishda davlat siyosatini aniq belgilashda muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Qaror loyihasini qabul qilish orqali respublikadagi mavjud barcha turdagi attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish talablari o‘rnatiladi hamda madaniyat va istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalar oldi olinadi.