Yerga uchta yirik asteroid yaqinlashmoqda
NASA asteriodlarning eng kattasi 260 metrligini ta’kidlamoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

NASA olimlari Yerga uch yirik asteroid yaqinlashayotgani haqida xabar berishdi.
Ularning yerga yaqinlashish sanalari ma’lum
Ularning eng kattasi (260 metr) — 2024 MT1 nomli asteroid 8-iyul kuni sayyoramizdan 937 ming kilometr olisdan o‘tib ketadi.
Ikkinchi asteroidning kattaligi 120 metr, 10-iyulda Yerdan 2 700 000 km uzoqlikda uchib o‘tadi.
Uchinchi asteroid ham taxminan ikkinchi asteroid kattaligida bo‘lib, 11-iyulda Yerga 2 620 000 kilometrgacha yaqinlashadi.
Asteroidlarning hech biri sayyoramiz uchun xavf solmasligi aytilgan.
“Sayyoralar qotili”
Yaqinda Yevropa kosmik agentligi “Sayyoralar qotili” laqabini olgan asteroidning Yerning yonidan o‘tib ketishini aytgan edi.
Agentlik asteroid (ilmiy nomi - 2011 UL21) Yer yonidan 93 000 km/soat tezlikda o‘tib ketadi. Jism Yerdan ancha olisdan o‘tib ketadi, shuning uchun xavotirlanishga asos yo‘qligini ma’lum qilgan.
Ushbu asteroid bundan 66 mln. yil muqaddam dinozavrlarni qirib yuborgan fazoviy jismdan besh baravar kichik. Shu bois u bilan (ehtimoliy) to‘qnashuv oqibati halokatli bo‘lmaydi. Ammo uning ta’siri qit’alar miqyosida sezilib, global iqlim o‘zgarishini keltirib chiqaradi, deyiladi xabarda. Astronomlarning so‘zlariga qaraganda, asteroidni tungi osmonda teleskop orqali kuzatish mumkin. Uning Yer atrofiga keyingi “tashrifi” 2089-yilga to‘g'ri keladi, deb izoh bergan edi agentlik.



