$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

“Askiya” bozorning auksioni 15 daqiqa ichida birgina taklifning o‘zida yakunlandi

askiya

 “E-auksion” platformasida sotuvga qoʻyilgan Toshkentdagi “Askiya” bozorining mulkiy majmuasi birgina taklifning oʻzida sotuv yakunlangan.

Boshlang‘ich narxdan atigi 5 foiz yuqori

Unga ko‘ra, auksion atigi 15 daqiqa davom etgan va birgina taklif kiritilgandan soʻng yakunlangan. Uni “Sheng-Ke International” kompaniyasi amalga oshirib, boshlangʻich narxdan 5 foiz yuqori boʻlgan 225,59 mlrd. soʻmlik taklifni bergan.

Firma mayda tashkil topgan

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, ushbu nomdagi firma shu yilning may oyida tashkil etilgan va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bilan shugʻullanadi. Ustav kapitali 68 mlrd. soʻm boʻlgan kompaniyaning yagona taʼsischisi Qozogʻistondan boʻlgan xuddi shu nomdagi MCHJ, rahbari esa Chen Maysyuan hisoblanadi.

Bir necha investorlar bilan muzokaralar o‘tkazilgani ma’lum qilingan edi

Yakkasaroy tumani hokimligi 16-noyabr kuni bozorni rekonstruksiya qilish loyihasini taqdim etdi. Maʼmuriyat rahbari Nilufar Allabergenova loyihada ishtirok etishga qiziqqan bir nechta salohiyatli investorlar bilan muzokaralar oʻtkazilganini maʼlum qildi.

Majmua ekobozorga aylantiriladi

Yangi savdo majmuasi 3 ming kvadrat metrdan iborat ekobozor, muzlatkichli omborxona, shuningdek, eskalatorlar, panduslar, Wi-Fi nuqtalari, velosiped yoʻlaklari va koʻngilochar obyektlarni oʻz ichiga olishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yaqin atrofda 4 yulduzli mehmonxona qurish rejalashtirilgan.

Shundan soʻng bozorning mulkiy majmuasi kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Xaridordan bozorni rekonstruksiya qilish va uning hududida zamonaviy savdo-maishiy majmuani yaratish talab etiladi.

Теги :
Jamiyat