Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

O‘zbekiston Braziliyaning harbiy yuk samolyotlarini xarid qildi

O5zbek armiyasi o‘z mudofaasini kuchaytirishda davom etmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Braziliyaning harbiy yuk samolyotlarini xarid qildi

Bundan bir necha kun oldin Markaziy Osiyo davlatlari mudofaani kuchaytirish maqsadida turli harbiy xaridlarni amalga oshirayotgani haqida xabar bergan edik. Bu gal O‘zbekiston Braziliyaning harbiy yuk samolyotlarini xarid qilgani aytilmoqda. 

Bu yopiq qoladimi?

O‘zbekiston Braziliyaning Embraer nomli kompaniyasidan 2 ta KC-390 harbiy yuk samolyotlarini xarid qildi. Bu xabarni braziliyalik mudofaa sanoatini yoritib boruvchi jurnalist Roberto Kayfa taqdim etdi.

“O‘ylaymanki, tez orada O‘zbekistonga ikkita C-390 Millenium samolyotlari sotilgani haqida rasmiy ma’lumot beriladi”, deb yozadi u o‘z sahifasida.

Braziliyaning Savdo vazirligi tomonidab berilgan ma’lumotlar


Braziliyaning Savdo vazirligi tomonidan berilgan rasmiy xabarga qaraganda esa Eksportni moliyalashtirish va kafolat qo‘mitasi joriy yilning 25-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston va AQShga Embraer samolyotlarini eksport qilish so‘rovini tasdiqlagan.

O‘zbekistonning boshqa xaridlari

Kuni kecha saytimizda e’lon qilingan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasida Turkiya va Xitoyning Bayraktar TB-2 va Wing Loong-I tezkor-taktik hujumchi dronlari allaqachon mavjud. 2023-yil noyabr oyida ular Rossiyaning “Orlan” razvedkasi bilan birgalikda O‘zbekiston OAVlarida rasman namoyish etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston o‘zining “Lochin” vertikal uchish va qo‘nish razvedkachi dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani ma’lum qilgan.