Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Markaziy Osiyo davlatlari qurollanishda davom etmoqda

"Sosedi Sentralnaya Aziya" nashri Markaziy Osiyo davlatlarining mudofaa yo‘lidagi xaridlarini oshkor qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari qurollanishda davom etmoqda

"Sosedi Sentralnaya Aziya" nashri "Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda", deb yozmoqda. Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari ichida hozircha faqat Qozog‘iston o‘zining radioelektron urush vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish harakatida. 

Tojikiston armiyasi

Tojikiston nashrlarining yozishicha, Dushanbe Eronning «Ababil-2» dronlarini sotib olish uchun arizani 2022-yildayoq topshirgan. Keyin Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik doirasida yana bir nechta Puma tipidagi UAVlar olingan. Bundan tashqari, ular Turk Bayraktarlarini sotib olish ham ko‘rib chiqmoqda.

Qirg‘iziston armiyasi

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston Turkiyaning "Akinji" va "Oqsungur" dronlarini sotib olgan. Bu haqda 2023-yil oktyabr oyida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining birinchi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston armiyasi

O‘zbekiston armiyasida Turkiya va Xitoyning Bayraktar TB-2 va Wing Loong-I tezkor-taktik hujumchi dronlari allaqachon mavjud. 2023-yil noyabr oyida ular Rossiyaning "Orlan" razvedkasi bilan birgalikda O‘zbekiston OAVlarida rasman namoyish etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston o‘zining "Lochin" vertikal uchish va qo‘nish razvedkachi dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani ma’lum qilgan.