$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning eng qudratli armiyalari

Armiya

Amerika Qo‘shma Shtatlarining U.S. News portali jahonning eng kuchli armiyalari reytingini ma’lum qildi. 

Top—10

U.S. News portali tuzgan reytingga asosan Rossiya armiyasi dunyoda eng qudratlisi deb topiladi. Ikkinchi o‘rinni AQSH armiyasi, uchinchi o‘rinni esa Isroil egallagan. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda mos ravishda Xitoy va Janubiy Koreya joylashgan. Keyingi pog‘onalarni Eron, Britaniya, Ukraina, Germaniya va Turkiya qo‘shinlari egallagan.

Markaziy Osiyo

Eng kuchli armiyalari reytingiga Markaziy Osiyo davlatlari ham kiritilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi harbiy kuchlardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab, 19-o‘rinni egallagan. Eng yaxshi mamlakatlar reytingida esa 74-o‘rin. Qozog‘iston harbiy qudrati va jangovar qobiliyatining yuqori darajasini namoyish etib, 22-o‘rinni egallab turibdi, eng yaxshi mamlakatlar reytingida 83-o‘rinda. 

So‘rovnomaning tuzilish mezoni

Portalining eng yaxshi mamlakatlar reytingi global so‘rovnoma asosida tuzilgan. Unda butun dunyodan deyarli 17 ming kishi ishtirok etgan, so‘rovnoma 22-martdan 23-maygacha o‘tkazilgan. Ishtirokchilar tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan 73 ta xususiyatning qaysilarini ma’lum bir mamlakat bilan bog‘lashlarini baholagan. Shundan so‘ng davlatlar reytingi ballik tizimda hisoblab chiqilgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil boshida Global Firepower kompaniyasi ekspertlari ham armiyalarning reytingini taqdim etgandi. Unda Rossiya qurolli kuchlari AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lgan. Uchinchida Xitoy, to‘rtinchida esa Hindiston, beshinchisida Janubiy Koreya armiyasi bor edi. Shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari 18-o‘rinni egallagan. Isroil armiyasi esa 17-o‘rinda edi.

Теги :
Jamiyat