$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘qishni ko‘chirish boʻyicha arizalar qabul qilish boshlandi

ariza

Arizalar kelasi yilning 20-yanvariga qadar 13 ta hududiy ishchi guruh tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi

Qaysi OTMlarda ishchi guruhlar tashkil etilgan?

Tegishli tartib asosida ikkita uzrli sabab bilan davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish uchun 13ta OTMda hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi. Bular quyidagilar:

- Qoraqalpoq davlat universiteti;  

- Andijon davlat universiteti;  

- Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;  

- Jizzax politexnika instituti;  

- Qarshi davlat universiteti;  

- Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;  

- Namangan davlat universiteti;  

- Samarqand davlat universiteti;  

- Guliston davlat universiteti;  

- Termiz davlat universiteti;  

- Farg‘ona davlat universiteti;  

- Urganch davlat universiteti;  

- O‘zbekiston milliy universiteti.  

Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00gacha faoliyat olib boradi. Yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi, shanba kunlari esa ish vaqti soat 9:00dan 15:00gacha davom etadi.  

Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar

Arizachi hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:  

1. Ariza (ishchi guruh tomonidan beriladi va joyida to‘ldiriladi);  

2. Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxalari (bittasi yetarli);  

3. Pasport nusxasi;  

4. Uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.  

Qaysi hollarda o‘qishni ko‘chirish mumkin?

O‘qishni boshqa OTMga ko‘chirish uchun quyidagi ikkita uzrli sabab bo‘lishi kerak:  

1. Oila qurishi sababli – agar talabaning turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chirish so‘ralayotgan bo‘lsa.  

2. Ish joyining o‘zgarishi sababli – davlat organlari xodimlarining turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi ish joyi o‘zgargan hududdagi OTMga o‘qishni ko‘chirishni so‘raganda. Bunda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi talab etiladi.  

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda 3,5 ming nafar kambag‘al oila farzandlari oliy ta’lim muassasalariga grant asosida qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Теги :
Jamiyat