$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Apple o‘zining mashhur ikki iPhone’ini eskirgan deb e’lon qildi

iphone

Apple rasmiy saytida kompaniyaning eskirgan mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi, ular orasida bir nechta iPhone va Apple Watch modellari ham bor.

iPhone 6s Plus hamda iPhone XS Max

Kompaniya iPhone 6s Plus hamda iPhone XS Max smartfonlarini rasman “vintaj”, ya’ni eskirgan qurilmalar toifasiga kiritdi. Bu shuni anglatadiki, Apple hamda sheriklikdagi servis xizmatlari ushbu qurilmalarni ta’mirlamaydi. Mustasno tarzda agar foydalanuvchida ehtiyot qismi bo‘lsa ta’mirlab berilishi mumkin.

Eskirgan Apple Watch Series 2

Bundan tashqari, alyuminiy va zanglamas po‘latdan ishlangan Apple Watch Series 2 soatlari ham eskirgan qurilmalar ro‘yxatiga qo‘shildi, ammo keramik korpusli Series 2 soatlari hozircha ro‘yxatga qo‘shilgan emas.

iPhone 6s Plus modeli haqida

iPhone 6s va iPhone 6s Plus 2015-yilda taqdim etilgan to‘qqizinchi avlod ayfonlari sanaladi. Ularning o‘rnini 2016-yilda iPhone 7 va iPhone 7 Plus egalladi. 2018-yilda iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR taqdim etilishi bilan iPhone 6s va iPhone 6s Plus chiqarilishi to‘xtatilgan.

Теги :
Jamiyat