$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Zapravka”da gaz yetmagani sabab mas’ullarni tanqid qilgan fuqaro ozod etildi

G

Bugun, 3-yanvar kuni Toshkent shahrida metan zapravkada gaz yetmayotgani sabab masʼullarni tanqid qilgan va 15 sutkaga qamalgan G‘ayrat Do‘stovning appelyatsiya sudi bo‘lib o‘tdi.Unga 26-dekabrda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha 15 sutkalik jazosi tayinlangan edi.

Mayda bezorilik sodir etilmagan

Sudda Do‘stovning advokatlari birinchi instansiya sudi qarorida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2 va 3-moddalari buzilgani, ya’ni G‘ayrat Do‘stovning harakatlarida mayda bezorilik alomatlari mavjud emasligini ta’kidlashdi. Himoyachilarning aytishicha, Do‘stov zapravkada 6-8 soatlab kutib, navbati yetganida gaz berilishi to‘xtatilgani bois “kuchli ehtiros va hayajon bilan” gapirgan. U prezidentning aholini gaz bilan ta’minlash topshirig‘ini bajarmayotgan mansabdorlarni tanqid qilgan xolos.

Yerto‘lada saqlashgani ma’lum bo‘ldi

Sud majlisida G‘ayrat Do‘stovning sog‘lig‘i yomonlashgani qayd etildi. Tanaffus paytida u yaqinlari va advokatlari bilan suhbatlashar ekan, boshiga qop kiydirilgani hamda yerto‘lada saqlanganini aytib, “Vatanga xiyonat qilmadim, men xiyonatchi emasman”, deya bir necha marta takrorladi.

Apellyatsiya qarori

Natijada, apellyatsiya sudi Do‘stov va uning advokatlarining arizasini qisman qanoatlantirib, 15 sutkalik jazoni 8 sutkagacha qisqartirdi. Ushbu muddat o‘tab bo‘lingani sababli G‘ayrat Do‘stov sud zalining o‘zida ozod etildi.

Теги :
Jamiyat