Hindiston Yerni asteroiddan himoya qilmoqchi
“Apofis” nomli Eyfel minorasidan balandroq asteroid 2029-yili yerga juda yaqin kelishi kutilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

“Apofis” nomli Eyfel minorasidan balandroq asteroid 2029-yili yerga juda yaqin kelishi kutilmoqda.
ISRO qatnashishi shart
Hindiston fazoviy tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) rahbari Shridhara Paniker Somanath Hindiston Yerni “Apofis” asteroididan himoyalash bo‘yicha sayyoralararo missiyada qatnashishini ma’lum qildi.
“Apofis” 2029-yilda Yerga juda yaqin kelganida biz uni qarshi olish uchun jo‘nash imkoniga ega bo‘lamiz. Hindiston bunda qatnashishi shart”, — dedi u.
280 million tonnalik “Apofis”
Ma’lumot uchun: “Apofis” (lotincha Apophis) — 2004-yilda Arizona (AQSh) Kitt-Park observatoriyasi tomonidan kashf etilgan asteroid. Diametri — 325 metr, massasi — 280 mln. tonna.

Uning yerga yaqinlashishi
2029-yilda Yerga eng yaqin kelganida “Apofis”ning yulduz kattaligi ko‘rinuvchanligi 3,1m ni tashkil etadi, ya’ni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. 2029-yilning 13-aprel kuni asteroid Yer sirtidan 31 ming kilometr balandlikda uchib o‘tganida Kichik Ayiq yulduz turkumi yuzduzlari kabi yorqinlashadi.



