$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

APLdagi ilk o'zbek: Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” futbolchisi

Husanov

Bugun tunda taniqli insayder Fabritsio Romano Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi aniq bo‘lganini ma’lum qildi. 

Shartnoma shartlari

Manchester shahri jamoasi 20 yoshli himoyachi uchun “Lans”ga 40 mln. yevro to‘laydi. Yana bonuslar ham bor. O‘zbekistonlik futbolchi APL klubi bilan 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bo‘ladi. Husanov Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanadi.

Husanov tez orada Pepning mashg‘ulotlariga qo‘shiladi

ESPN jurnalisti Rob Dousonning yozishicha, Abduqodir Husanovning vakillari ayni damda Manchesterda bo‘lib turibdi. Futbolchi dam olish kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, transfer amalga oshgach, Abduqodir Husanov darhol Pep Gvardiola qo‘l ostidagi mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.

Tarix yangilandi

Husanovning transferi o‘zbek futbolida mutlaq rekord bo‘ladi. Manchesterliklar iste’dod sohibi uchun g‘aznadan bonuslar bilan 50 million yevro ajratishga qaror qilgan. Bungacha eng yirik transfer Eldor Shomurodov nomi bilan bog‘liq bo‘lgandi. 2021-yilning yozida “Jenoa”dan o‘zbek futbolchisini olib o‘tish uchun “Roma” umumiy hisobda 19,6 million yevro sarflagani qayd etilgan.

Теги :
Jamiyat