$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda sudlar tadbirkorlar foydasiga 6,7 trillion so‘m undirishga qaror qildi

Sud

Iqtisodiy sudlar tomonidan o‘tgan yilda ko‘rib chiqilgan ishlar soni 436 mingdan oshib, sud qarorlariga ko‘ra 27,5 trillion so‘m undirish belgilandi. Eng ko‘p nizolar Toshkent shahri, Toshkent, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi.

 436 mingdan ortiq ish hal etildi  

2024-yilda iqtisodiy sudlar tomonidan jami 436 102 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan nizolarning katta qismi bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalarni to‘xtatib turish, mahsulot yetkazib berish, kommunal xizmatlar, to‘lovga qobiliyatsizlik va kredit shartnomalari bilan bog‘liq bo‘ldi. Sud qarorlariga muvofiq, da’vogarlar foydasiga 27,5 trillion so‘m undirilishi belgilandi.  

Kichik biznes va tadbirkorlik manfaatlari himoya qilindi  

Sudlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi. 2024-yilda ushbu yo‘nalishda 68 567 ta ish ko‘rib chiqilib, sud qarorlariga muvofiq tadbirkorlar foydasiga 6,7 trillion so‘m undirilishi belgilandi. Bu sud tizimining tadbirkorlarni himoya qilishdagi faoliyati samarali bo‘lganini ko‘rsatadi.  

Apellyatsiya va kassatsiya sudlari faoliyati  

Apellyatsiya tartibida 6 257 ta iqtisodiy ish qayta ko‘rib chiqildi. Natijada 852 ta sud qarori bekor qilinib, 607 tasi o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida esa 2 250 ta ish ko‘rib chiqilib, 390 ta qaror bekor qilindi, 253 tasi o‘zgartirildi.

Taftish tartibida 2 360 ta ish qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, shundan 255 ta sud qarori bekor qilingan, 94 tasi esa o‘zgartirilgan. Oliy sudning iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa 426 ta ish ko‘rib chiqilib, 136 ta qaror bekor qilingan, 30 ta qarorga o‘zgartirish kiritilgan.

Теги :
Iqtisodiyot