Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +9°

"Shangfeng-bridge of friendship" MCHJga antidemping ish qo‘zg‘atildi

Ular tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotganligi va buning oqibatida qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolayotgan ma’lum bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar murojaati

 Andijon viloyatidagi "Shangfeng-bridge of friendship" MCHJ tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotganligi va buning oqibatida qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolayotganligi yuzasidan boshqa tadbirkorlik subyektlari Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilgan.

O‘tkazilgan ochiq muloqot va muammo

Holatni o‘rganish uchun qo‘mita raisi Xalilulloh To‘raxo‘jayev Farg‘ona viloyatida mazkur sohadagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq formatda o‘tkazilgan muloqot jarayonida: Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida faoliyat olib boruvchi 13 ta sement ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi va jarayonda asosiy 5 muammo ko‘tarildi.

 Antidemping ishi

Andijon viloyatidagi "Shangfeng-bridge of friendship" MCHJ tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotganligi holatida demping alomatlari mavjudligini komission tartibda ko‘rib chiqish uchun unga so‘rov kiritilganligi, ammo ushbu ma’lumotlar vaqtida taqdim etilmaganligi sababli ayni vaqtda "Shangfeng-bridge of friendship" MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilganligi va ushbu holat Qo‘mita nazoratida ekanligi ma’lum qilindi.