$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” loyihalari ishga tushirilmoqda

korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida davlat hokimiyati organlarida korrupsiya xavflarini aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” dasturlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Loyiha uch hududda boshlanadi

Ushbu dasturlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqichda dastur Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax viloyatining Jizzax shahri va Buxoro viloyatining Vobkent tumanida amalga oshiriladi.

Xalqaro tajriba

Ma’lumot o‘rnida, “Shaffof shaharlar” va “Halol tumanlar” - bu idora va tashkilotlar ichida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini istisno etadigan halollik, shaffoflik va axloqning yuqori standartlari amal qiladigan maxsus yaratilgan hududlardir. Ushbu loyihalar asosidagi metodologiya Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Janubi-Sharqiy Yevropaning 11 mamlakatida o‘z samaradorligini isbotladi.

U 30 ta mahalliy hokimiyat organida qo‘llanildi va 2011-yilda davlat xizmatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu chora-tadbirlar korrupsiyadan xoli hududlarni yaratishga yordam beradi va ular muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng dastur boshqa barcha tuman va shaharlarga tatbiq etiladi.