$
 11772.95
-35.81
€
 13224.55
-179.57
₽
 141.14
-1.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida e’lon

HURMATLI AKSIYADORLAR! 

“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki OTP Guruhi (“Bank”) Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi (“Yig‘ilish”) o‘tkazilishi haqida quyidagilarni ma’lum qiladi:

 - O‘tkazish sanasi:

28-oktyabr 2026

- O‘tkazish shakli:

Masofadan turib, https://evote.uz saytida elektron ovoz berishning vakolatli xizmatidan foydalangan holda ovoz berish.

- Boshlanish vaqti:

11:00

-  Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish vaqti:

10:00

- Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi:

22-oktyabr 2026

- Yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi:

30-sentyabr 2026

I.             KUN TARTIBI:

“Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhi Boshqaruvi tarkibiga o‘zgartirishlarni tasdiqlash.

II. YIG‘ILISH MATERIALLARI BILAN TANISHISH TARTIBI

Aksiyadorlar Yig‘ilish materiallari bilan tanishishlari mumkin:

(i) Bankning korporativ veb-saytida: www.ipotekabank.uz;

(ii) vakolatli elektron ovoz berish saytida: http://evote.uz/ ; yoki:

(iii) Bankning info@ipotekabank.uz elektron pochtasi orqali yozma so‘rov yuborish.

III.         AKSIYADORLARNI RO‘YXATGA OLISH VA YIG‘ILISHDA ISHTIROK ETISH TARTIBI 

Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarni ro‘yxatga olish http://evote.uz/ saytidagi elektron ovoz berishning vakolatli xizmatidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va elektron ovoz berish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot ko‘rsatilgan saytda yoki quyidagi telefon orqali mavjud:

+998 78 136-84-84 (evote.uz xizmatining texnik yordami).

Ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling:

+998 78-150-11-22 (Bank koll-markazi).

Hurmat bilan,

“Ipoteka-bank” ATIB

Kuzatuv kengashi.

 Reklama huquqlari asosida