$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Hayvonlarning ommaviy qatli: Piskentdagi holatga ko‘z yumildimi?

Hayvonlar

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh erkaklar yuk mashinasida bo‘lib, qishloq hududida droboviklardan itlarni otib tashlayotgan video tarqaldi. Aniqlik kiritilishicha, mazkur holat 12-noyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanining Akmal-Ikromov dacha massivida sodir bo‘lgan. Mazkur video hozirgacha ijtimoiy tarmoqlarda shovshuvli muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Bunga kim javobgar?

Itlarning egalariga nisbatan zo‘ravonlik ham bor

Mehr va Oqibat hayvonlarni himoya qilish jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, qishloq aholisi itlarni otish holati haqida xabar bergan. Bu shafqatsizlik oqibatida uning ikki iti jabrlandi: biri halok bo‘lgan, ikkinchisi og‘ir ahvolda veterinariya klinikasiga olib borilgan. Guvohlarning aytishicha, bu harakatda faqat noma’lum qurolli shaxslar emas, balki militsiya xodimlari, hayvonlarni tutish xizmati va o‘qchilar ham ishtirok etgan. Shuningdek, qurolli shaxslar itlarning egalariga zo‘ravonlik qilgan va voqeani suratga olishga uringanlarning telefonlarini sindirgan.

IIVga murojaat

Mehr va Oqibat jamiyat Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, vaziyatni tekshirish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish va yashash hududida o‘qotar quroldan foydalanganlik uchun jazolashni so‘radi. Tashkilot bunday harakatlar qonunga zid ekanligi va ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Nikita Makarenkodan munosabat

Jurnalist va bloger Nikita Makarenko bu hodisa haqida quyidagicha munosabat bildirdi: 12-noyabr. Toshkent viloyati, Piskent tumani. Noma’lum shaxslar droboviklar bilan barcha uy itlarini o‘ldirib tashladi. Ko‘plab hayvonlar halok bo‘ldi. Bizda kunduzi qo‘lda qurol ko‘tarib, ko‘chada hech kimdan qo‘rqmay o‘ng-so‘lga otish mumkinmi? Agar bu odamlar ertaga itlar o‘rniga odamlarga otishni boshlasachi? Guvohlar qurolli shaxslar it egalari va ularni suratga olishga uringanlarni do‘pposlaganini aytishmoqda.

Bu qonunsizlikning yaqqol na’munasi

Bu holat jamiyatimizda shafqatsizlik va qonunsizlik qanday namoyon bo‘layotganini yaqqol ko‘rsatuvchi misoldir. Bunday harakatlarning e’tiborsiz qoldirilishi zo‘ravonlikning odatiy holga aylanishiga olib keladi. Barcha aybdorlar qonun oldida javob berishlari va hokimiyat bunday hodisalarning oldini olish uchun qat’iy choralar ko‘rishi zarur. Hayvonlar himoya qilishga arziydi, aholi esa xavfsizlik kafolatiga muhtoj deb yozmoqda Vaib.

Jamiyat talabi

Jamiyat murojaatida bu jinoyatning barcha ishtirokchilarini javobgarlikka tortish, bunday holatlarda o‘qotar qurol ishlatishni taqiqlash, voqeada militsiya va boshqa rasmiy tuzilmalarning ishtirokini tekshirishni talab qilmoqda.

IIV tomonidan makur murojaatga hali rasmiy munosabat bildirilmagan.

Теги :
Jamiyat