$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Amerika texnologiyalar universiteti uchun Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasidagi binolar ijaraga beriladi

Beshyog‘och

Bir muddat oldin prezident qarori bilan O‘zbekistonda Amerika texnologiyalari universiteti ochilishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Ma’lum qilinishicha, universitet uchun Toshkentning Beshyog‘och ko‘chasidagi binolar ijaraga beriladi.

Universitet vazifasi nima?

Prezident qaroriga ko‘ra, universitet muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydi.

Universitet faoliyati 2024/2025-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizona davlat universiteti diploma beriladi

Bitiruvchilarga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Bino 49 yil muddatga ijaraga berildi

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universitetining ta’lim jarayonini tashkil etishda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan “Cintana Education” kompaniyasi hamkor etib belgilangan.

Universitet tashkil qilish uchun mazkur kompaniyaga Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar unga biriktirilgan hudud bilan birgalikda 49 yil muddatga ijaraga beriladi.

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi.

Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet moliyalashishi qanday?

Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Universitet faoliyati ta’sischilar mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida talabalarni o‘qitishdan tushgan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Теги :
Jamiyat