$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

a 7 27

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir o’tkazilgan. Namangan shahrida yashovchi shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana” yo‘nalishida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da bergan. Buning uchun zarur bo‘ladigan viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 334 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangan. 

Viza uchun 42 ming dollar

DXX xodimlari tomonidan prokuratura hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi shaxs o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni AQSHga borishlari uchun ularning hujjatlarini rasmiylashtirish berishini aytgan. Viza olib berish berish evaziga 42 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 28 800 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

 Samarqand va Navoiydan “Xalqaro aylanma” taklifi

Yana bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi shaxs Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, uning nomiga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, “Turkiya-Yevropa davlatlari-Meksika” yo‘nalishida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 17 500 AQSH dollari talab qiladi. Ammo, u oldindan 6 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. 

 Bundan tashqari, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi shaxsga Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Turkiya va Meksika davlatlari orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da bergan va u yerda ishga joylashtirish evaziga 19 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 6200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

 Jizzaxlik shovvoz ham qo‘lga tushdi

Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi shaxs Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborishni va’da qilib, bu kabi ishlarni qilishga vakolati bo‘lmasa-da, dastlab, 2023-yilning aprel-may oylarida 14 300 AQSH dollarini oladi. Shundan keyin uni aylanma yo‘llar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborib, uni boshqa davlatda chorasiz holatda qoldiradi va vaziyatni o‘nglash, ya’ni uni Amerikaga o‘tkazish uchun uning otasidan qo‘shimcha 6700 AQSH dollari talab qiladi. DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.