Amerika orzusiga qo'yilgan tuzoq
AQSH va Shvetsiyaga ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar qo'lga olindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika orzusiga qo'yilgan tuzoq
AQSH va Shvetsiyaga ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar qo'lga olindi.
19 000 dollar evasiga AQSH
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.K. fuqaro L.K. ning ishonchiga kirib, uni 19 000 AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib o‘tib, ushbu davlatda ishga joylashtirishini aytib, oldindan 6 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shvetsiya narxi esa 14 300 dollar
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv ishlari davomida esa fuqaro U.E. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Turkiya davlati orqali Shvetsiya davlatiga ishlash uchun yuborishini va’da qilib, jami 14 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Jinoyat ishlari
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.



