$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Taqdir hazili: Tez yordam mashinasi o‘zi urib yuborgan piyodani qutqarib qoldi

ambulance tez yordam

Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaroni tez yordam mashinasi urib yubordi.

Holat yuz bergan hudud

Jizzax viloyatining Jizzax shahar Sharof Rashidov ko‘chasida 23-may kuni 8:30 larda harakatlanib ketayotgan tez yordam mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 1976-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etdi.

Tez yordam xodimlari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan

Sarosimaga tushib qolgan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan avtomashina zarbidan jarohat olgan fuqaroga 1-yordam ko‘rsatilgan va darhol shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga olib kelingan.

Bemor olgan jarohatlar

Tashxislarga ko‘ra bemorda bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, qorin bo‘shlig‘i yopiq jarohati, ichki qon ketish, chap boldir suyagining ochiq sinishi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Bemor olib kelinganida komada bo‘lgan, bemorning hozirdagi holati ham og‘irligicha qolmoqda.