Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 80 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +8°

Qo‘l mehnati katta sahnada: O‘zbekistonda 120 nafar eng mohir usta taqdirlandi

O‘zbekistonda ilk bor oddiy kasb egalari katta sahnada taqdirlandi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi doirasida quruvchi, sartarosh, payvandchi, oshpaz va boshqa amaliy kasb vakillari orasidan eng mahoratlilar saralandi. 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunida 120 nafar g‘olib va sovrindor medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

Sartaroshlik yo‘nalishida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin

Nurali Nurmatov — Jizzax viloyati

Abdulaziz Salomov — Buxoro viloyati

2-o‘rin

Gulzoda Musajonova — Sirdaryo viloyati

Alirizo Salomov — Buxoro viloyati

Sherzod Nayimov — Navoiy viloyati

Fariza Xalimova — Samarqand viloyati

3-o‘rin

Raximjon Bahodirov — Toshkent shahri

Ulug‘bek Azizov — Jizzax viloyati

Otabek Baxramov — Xorazm viloyati

Daler Xuseinov — Samarqand viloyati

Mansur Nuriddinov — Surxondaryo viloyati

Nargiza Esonboyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tanlovda yuqori natija ko‘rsatgan ustalar keyingi bosqichda O‘zbekiston nomidan WorldSkills xalqaro chempionatida qatnashadi. Xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot berilishi rejalashtirilgan.