$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi kasb egalari Alsgeymer kasalligiga kam chalinadi?

alsgeymer

Alsgeymer kasalligi juda keng tarqalgan kasallikdir. Demansning bu shaklidan hech kim immunitetga ega emas, ammo bu kasallik uchun profilaktika choralarini ko‘rishga harakat qilish kerak. Chet ellik tadqiqotchilar kasbning ushbu kasallikning rivojlanish xavfiga qanday ta’sir qilishini o‘rganishdi.

Taksi va tez yordam haydovchilari qariganda ham rivojlangan xotiraga ega bo‘lishadi

Ma’lum qilinishicha, 400 dan ortiq boshqa kasblar bilan solishtirganda taksi va tez yordam haydovchilarining Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfi ancha past ekanligini aniqlashdi. Bu navigatsiya xaritalaridan foydalanishni talab qilmaydigan boshqa transport kasblari orasida qayd etilmagan. Bu fakt miyada marshrutni rejalashtirish Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytirish uchun ayniqsa muhim degan xulosaga kelishga asos bo‘ldi.

Ularning xastalikka chalinmasligiga sabab shuki, miyaning xotira uchun muhim bo‘lgan qismi ya’ni gippokamp doimiy yo‘nalish va navigatsiya bilan band bo‘ladi.

Avvalgi tadqiqotlar, taksi va tez yordam haydovchilari, hatto qariganda ham, yaxshi rivojlangan xotiraga ega ekanligini ko‘rsatgan, deb yozadi mk.ru.

Jahonda 2 yil mobaynida 8,9 milliondan ortiq inson Alsgeymer kasalligidan vafot etgan

Yangi tadqiqot natijalari British Medical Journal da chop etildi. Tadqiqot guruhi Milliy statistika tizimidan 2020 va 2022-yillar oralig‘ida vafot etgan 8,9 milliondan ortiq inson haqida ma’lumot to‘pladi. Ushbu o‘limlarning taxminan 348 328 tasi Alsgeymer kasalligi bilan bog‘liq.

Olimlar avtobus haydovchilari, samolyot uchuvchilari, kema kapitanlari va o‘qituvchilarni o‘z ichiga olgan 443 kasb egalarini Alsgeymer bilan kasallanish darajasini o‘rganishdi. Tadqiqotda yoshi, jinsi, irqi, etnik kelib chiqishi va ta’lim darajasi kabi omillar hisobga olingan.

Ma’lum qilinishicha, tadqiqotga kiritilgan odamlarning o‘rtacha 3,88 foizi Alsgeymer kasalligidan vafot etgan. Ularning 2,7 foizi kema kapitanlari va 4,5 foizi uchuvchilar, 1 foizi taksi haydovchilari va 0,7 foizi tez yordam haydovchilaridir.

Haydovchilar yo‘nalishni boshqa kasb egalariga qaraganda yaxshiroq eslab qolishadi

Boshqa kasblar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar keltirilmagan, biroq bosh direktorlar reytingning o‘rtasida turibdi: bu odamlarning taxminan 4 foizi Alsgeymer kasalligidan vafot etgani ta’kidlangan.

London Universitet kolleji tomonidan avval o‘tkazilgan tadqiqotda taksi haydovchilarining o‘limidan so‘ng miyasi o‘rganilgan va gippokamp boshqa kasblarga qaraganda taksi haydovchilarida yaxshi rivojlanganligi aniqlangan.