$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Komil Allamjonov: Feyk xabarlarga chek qo'yish vaqti keldi!

allamjonov

Komil Allamjonov: Feyk xabarlarga chek qo'yish vaqti keldi!

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari davlat va nodavlat teleradiokanallar hamda boshqa OAV rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov davlat va nodavlat teleradiokanallar hamda boshqa OAV rahbarlari bilan uchrashdi .

Sensatsion vaziyatlarni bo'rttirib ko'rsatish ommalashyapti

Uchrashuvda teleradiokanallar, umuman OAV va mediatarmoqlar oldidagi dolzarb muammolar, yangi trendlar, matbuotning yaqin kelajakdagi holati, shuningdek, milliy kontent yaratish ishlari atroflicha muhokama qilingan.

"So‘nggi vaqtlarda OAV va media vakillari o‘z faoliyatlarida sensatsion materiallarga urg‘u berayotganligi, ta’bni xira qiluvchi turli noxush vaziyatlar, shu jumladan, qotillik, o‘lim bilan bog‘liq hodisalarni bo‘rttirib ko‘rsatish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganligiga ham guvoh bo‘lyapmiz. 

Shu nuqtai nazardan, bu kabi nosog‘lom media muhitni o‘zgartirish, xususan, sohada qonunchilikni takomillashtirish, jurnalist etikasini tartibga solish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi", - deydi Allamjonov.

Faqat qonun doirasida

Allamjonov media makonida dezinformatsiya, feyklar, sensatsiyaga o‘chlik holatlariga chek qo'yish masalasi, albatta, qonun doirasida bo'lishi shart deya ta'kidladi.

Теги :
Jamiyat