To‘rtko‘l tumanida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
Ushbu sexda "Qaratau" nomi ostida qo'lbola alkogol mahsulotlari tayyorlab kelingan.
1 daqiqa o‘qiladi

To‘rtko‘l tumanida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
Ushbu sexda "Qaratau" nomi ostida qo'lbola alkogol mahsulotlari tayyorlab kelingan.
Tezkor tadbir va yashirin sex
Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Anhorli" MFYda yashovchi A.D. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilganligi aniqlandi.
Ushbu xonadondan 3 turdagi "Qaratau" nomi ostida qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklar topilgan.
Ashyoviy dalillar
Tezkor tadbir vaqtida "Qaratau" nomi ostida tayyorlangan 3 turdagi 3 566 dona alkogol mahsuloti, 7 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Jinoyat ishi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi, qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish va 186-1-moddasi ya'ni etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



