$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Jizzaxda aliment toʻlashdan bosh tortib kelayotgan qariyb 1,5 ming nafar shaxs javobgarlikka tortildi

Aliment

Jizzax viloyatida 60 mlrd. so‘m aliment qarzdorligi undirilib, 5 mingdan ortiq oila yarashtirildi. Bu haqda majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi matbuot anjumanida maʼlumot berdi.

1,3 mlrd. so‘m aliment mablag‘lari oldindan toʻlab berilishi taʼminlandi 

Ta’kidlanishicha, o‘tgan 2024-yilda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash uchun 115 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar undirilib, 58 mlrd. so‘mi maxsus hisob raqamlarga yo‘naltirilgan.

Aliment undiruvi bo‘yicha alohida chora tadbirlar belgilanib, 60 mlrd. so‘m aliment qarzdorligi undirilgan. Bundan tashqari, o‘tgan davrda davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 5 mingga yaqin oilalar yarashtirilib, 11 ming nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar to‘liq oila qaramog‘iga qaytarilgan. 

Aliment undiruvi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida 40 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan 1,3 mlrd. so‘m mablag‘lar oldindan to‘lov naqd pul shaklida amalga oshirilgan.

“Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan bugungi kunga qadar 29 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchilarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 1,4 mlrd. so‘m aliment pullari to‘lab berildi. 

Mingdan ortiq qarzdor javobgarlikka tortildi

Byuro organlari tashabbusi bilan  ishga joylashtirilgan fuqarolar soni 1 359 nafarni tashkil etmoqda. 

Shuningdek, o‘z farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 1 306 nafar qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MjtKning 47 prim 4-moddasiga asosan ma’muriy hamda 88 nafar qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Nohaq ishdan boʻshatilganlar qayta ishiga tiklandi

Muqaddam o‘z ish o‘rnini yo‘qotgan va qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 63 nafar shaxs ishga tiklandi va xodimlarga to‘lanmay qolgan 3,5 mlrd. so‘mlik ish haqlari undirib berildi.

Shuningdek, o‘tgan davrda 5,2 trln. so‘mlik 419 ming ta ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinib, 282 ming ta ijro hujjatlari bo‘yicha 2,8 trln. so‘m qarzdorlik amalda undirilishi ta’minlangan.

Shu kabi davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 995 mlrd. so‘m qarzdorlik amalda undirilgan.

Hokimliklar tomonidan uy-joyi yoki boshqa ko‘chmas mulki buzilgan fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari foydasiga 6,5 mlrd. so‘m (3,9 mlrd. so‘mlik fuqarolar foydasiga, 2,7 mlrd. so‘mlik foydasiga) kompensatsiya pullari undirib berilgan.

Теги :
Jamiyat