$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilda alkogol va tamaki mahsulotlari narxi yana qimmatlaydi

Alkogol va tamaki mahsulotlari

2025-yilda O‘zbekistonda tamaki va alkogol mahsulotlariga soliq stavkalari o‘zgaradi. Bu soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunda nazarda tutilgan.

Tamaki mahsulotlari

Ma’lumotga ko‘ra, import qilinadigan tamaki mahsulotlariga aksiz stavkalari 5 ming so‘mdan 330 ming so‘mgacha, ishlab chiqariladigan sigaretalarga deyarli 20 foizdan 300 ming so‘mgacha oshiriladi. 2025-yil 1-iyuldan boshlab stavka yagona bo‘lib, 1000 dona uchun 340 000 so‘mni tashkil etadi. Chilim, chekiladigan va trubkali tamaki uchun 600 000 so‘m (ilgari 382 000 so‘m) hamda nikotinli suyuqlik uchun 2000 so‘m (ilgari 670 so‘m) stavkalari sezilarli darajada oshiriladi. 

Alkogol mahsulotlari

Bundan tashqari, alkogolli mahsulotlarga soliq stavkalari ham o‘zgaradi. Etil spirti uchun stavka mahalliy va import mahsulotlar uchun yagona bo‘ladi - 15 000 so‘m. Import aroq, konyak uchun stavka 101 500 so‘mdan 76 000 so‘mgacha pasaytiriladi, mahalliy alkogol uchun stavka 40 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha oshiriladi.

Теги :
Jamiyat